O‘zbekiston 2022 yilgi Global innovatsiyalar indeksi reytingida 132 ta davlatlar orasida 82-o‘rinni egalladi. Bir yil ichida mamlakatimiz 4 pog‘onaga ko‘tarilib, so‘nggi uch yil davomida kuzatilgan ijobiy dinamikani mustahkamladi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekiston 141 ta davlat orasida 122- o‘rinni egallagan. 2020 yildagi uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng, mamlakatimiz 131 ta davlat orasida 29 pog‘onaga ko‘tarilib, 93-o‘rinni egallagan holda reytinga qaytdi. 2021 yilda mamlakat 86-o‘rinni egallagan. Shu bilan birga, joriy yilda innovatsiyalarga sarflangan mablag‘lar bo‘yicha O‘zbekiston 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 68-o‘rinni, innovatsiyalar natijalari bo‘yicha esa 9 pog‘onaga ko‘tarilib, 91-o‘rinni egalladi.
Bu yilgi hisobot “Innovatsion rivojlanish kelajagi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda innovatsiyalarning kelgusi o‘n yillikga mo‘ljallangan ishlab chiqarish samaradorligi va jamiyat farovonligiga ta’siri baholandi.
Global innovatsion indeks (The Global Innovation Index) — bu AQSHning Kornell universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mamlakatlarning innovatsion rivojlanish darajasini baholovchi tadqiqotdir. Global innovatsiyalar indeksi 81 ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, iqtisodiy taraqqiyotning turli darajalarida bo‘lgan mamlakatlarning innovatsion rivojlanishini tavsiflaydi.
Ushbu indeks ikki guruh ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymati asosida hisoblanadi. Birinchi guruhga innovatsiyalarni joriy etish (Innovation Input) uchun mavjud resurslar va shart-sharoitlar, institutlar, inson kapitali va tadqiqotlar, infratuzilma, ichki bozor va biznesning rivojlanganlik darajasi kiradi. Ikkinchi guruhga innovatsiyalarni joriy etish (Innovation Output) natijasida erishilgan amaliy natijalar – texnologiyalar va iqtisodiy bilimlar rivojlanishi, shuningdek, ijodiy faoliyat natijalari kiradi.
Roman BONDARCHUK