Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston innovatsion rivojlanish bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchisiga aylandi
11:15 / 2022-09-30

“Global Innovation Index”ning joriy yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston reytingga kiritilgan 132 davlat orasida 82-o‘rinni egalladi. 2015 yilda mamlakatimiz 122-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, faqat so‘nggi uch yilda birdaniga 11 pog‘onaga ko‘tarilib, Markaziy Osiyodagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

Qayd etish lozimki, “Global Innovation Index” (mamlakatlarning innovatsiyalar sohasidagi yutuqlari yillik reytingi) 2007 yilda Britaniyaning World Business va INSEAD jurnali tomonidan joriy     qilingan. 

– 2022  yilgi hisobot “Innovatsion  rivojlanish kelajagi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu biz uchun alohida ahamiyatga ega, – deydi  innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov. – Chunki respublikada amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgartirishlar jamiyatni kelajakda  rivojlantirishga  qaratilgan. Bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston nafaqat makro mintaqa, balki jahon miqyosida ham yetakchi o‘rinlarni egallab  turibdi. Misol tariqasida fan va muhandislik yo‘nalishlaridagi bitiruvchilar sonining dinamikasini keltirish mumkin, biz hayratlanarli tarzda dunyoda  oltinchi   bo‘ldik. Bunday misollar ko‘p va biz ularning yanada ko‘p bo‘lishini ta’minlashga harakat qilishni rejalashtirmoqdamiz. 

Shuningdek, vazirning ta’kidlashicha, iqtisodiyotning barcha sohalariga texnologiyalarni keng joriy etishni jadallashtirish, inson kapitali, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida asosiy  maqsad  sifatida  respublikamizni “Global Innovation Index” bo‘yicha 56 yetakchi davlatlar qatoriga kiritishdan iborat. 

“Global Innovation Index” AQSHning Kornel universiteti, Fransiyaning INSEAD biznes maktabi va Jahoni ntellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tadqiqotdir. U 81 ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida joylashgan  mamlakatlarning innovatsion rivojlanishini   tavsiflaydi. Reyting Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasi   tomonidan 2019 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Barqaror  rivojlanish uchun fan va texnologiyalar bo‘yicha rezolyutsiyada qayd etilgan. 
 

Muhayyo Toshqorayeva, 
O‘zA