Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston ijtimoiy himoya sohasida Koreya Respublikasi tajribasidan foydalanadi
13:40 / 2024-09-13

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli jabhalari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, alohida e’tiborga muhtoj bolalar uchun ta’lim muassasalarida inklyuziyani ta’minlash va ularga ixtisoslashtirilgan ijtimoiy yordam ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga keng qamrovli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, qariyalar uchun uzoq muddatli parvarish tizimini o‘rganish, ijtimoiy ishchilar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, volontyorlarni ijtimoiy ishlarga jalb etish amaliyotini o‘rganish hamda oiladagi zo‘ravonlik qurbonlariga tezkor yordam ko‘rsatish tizimi bilan tanishish borasida kelishuvlar amalga oshiriladi.

O‘z navbatida, elchi janoblari tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining soha ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlari ijobiy baholagan. Shuningdek, yuqoridagi tashabbuslarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyorlik bildirilgan.  

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha istiqboldagi rejalarni birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishib olingan.

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA