English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi sessiyasida ishtirok etdi
11:42 / 2022-05-27

O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining 19-xalqaro sessiyasida ishtirok etdi.

Mamlakatimiz delegatsiyasiga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatillo Tillaboyev, IHTdagi doimiy vakil, elchi Ulug‘bek Maqsudov boshchilik qildi.

Sessiyada «IHTga a’zo davlatlarda inson huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilishda Inson huquqlari milliy institutlarining ahamiyati» mavzusi muhokama qilindi.

Anjumanning  tantanali ochilishida komissiya raisi Hoji Ali Achikgyul IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi  a’zolari, tashkilotga a’zo davlatlar, kuzatuvchi maqomidagi davlatlar, Inson huquqlari himoyasi bo‘yicha milliy institutlar vakillarini hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlarini qutladi.  

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi bilan hamkorlikda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu sessiyada inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek, taraqqiyotga ko‘maklashishning eng munosib modellarini shakllantirish istiqbollari, IHTga a’zo davlatlar huquqlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Mirzatillo Tillaboyev o‘z chiqishida O‘zbekiston inson huquqlari milliy institutlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilishda erishilgan so‘nggi muvaffaqiyatlar va mamlakatimizning BMT inson huquqlari tuzilmalari hamda Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi bilan yaqin hamkorligiga oid ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi.

Sessiya doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi va IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi o‘rtasida O‘zaro anglashuv  memorandumi imzolandi.

Hujjatni O‘zbekiston tomonidan Mirzatillo Tillaboyev, IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi nomidan -  komissiya raisi Hoji Ali Achikgyul imzoladi.

O‘zA