Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston hududida bunday noyob operatsiya bajarilmagan edi
11:39 / 2022-11-05

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bir vaqtning o‘zida yurak koronar-shuntlash va buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi.

Milliy xirurgiyamiz tarixida ilk bor amalga oshirilgan bu noyob operatsiya o‘zbek kardiojarroh va transplantologlari tomonidan mustaqil bajarildi.  

 47 yoshli Davronbek G‘oyibovga qizi Zebiniso G‘oyibova donorlik qildi.  

 — Buyrak transplantatsiyasi juda uzoq vaqt davom etishi sababli buni bemorning yuragi ko‘tara olmasligi mumkin edi, — deydi markazning bo‘lim mudiri, professor Fazliddin Bahriddinov. — Chunki tekshiruvlar davomida bemor yuragining uchta joyida jiddiy muammo aniqlandi. Operatsiya davomida yurak tanaga qon yetkazib bera olmasdan, infarkt yuzaga kelishi xavfi bor edi. Shuning uchun ham rejalashtirilgan amaliyot ikki bosqichda o‘tishi belgilandi. Birinchi bosqichda yurakda koronar-shuntlash amaliyoti bajarilib, unga parallel ravishda buyrak ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilindi.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday murakkab amaliyot dunyo bo‘yicha yiliga atigi 5-10 marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston hududida esa hali bunday operatsiya bajarilmagan. Xirurgiya markazida tashkil etilgan komissiya a’zolarining ruxsati bilan boshlangan ushbu yuqori texnologik noyob muolaja muvaffaqiyatli yaqunlandi.  

SSV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hozir bemor va donorning ahvoli yaxshi, ularni tibbiy standartlar bo‘yicha davolash jarayoni davom ettirilmoqda.  

O‘zA