English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Hisob palatasining faoliyati AQSH va Estoniyada e’tirof etildi
18:10 / 2022-11-05

Hisob palatasining «Davlat auditi» dasturiy kompleksi xalqaro hamjamiyatning e’tiborini o‘ziga jalb etdi.

Joriy yilning iyun oyida ushbu dastur haqida ma’lumot Yevropa oliy audit organlari (YeVROSAI) tashkilotining Axborot texnologiyalari bo‘yicha ishchi guruhining maxsus byulletenida (Estoniyada) nashr qilingan edi.

(https://eurosai-it.org/news/newsletter/itwg-newsletter-1-2022/news-from-secretariat-and-intosai/uzbekistan-launching-an-e-platform-state-audit)

Kuni kecha «Davlat auditi» dasturiy kompleksi haqida Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti INTOSAI tomonidan nashr qilinadigan Davlat auditi xalqaro jurnalining (International Journal of Government auditing) yangi sonida ham maqola chop etildi.

Davlat auditi xalqaro jurnali AQSHning Vashington shahrida har chorakda 1 marotaba ingliz, fransuz, nemis, ispan va arab tillarida nashr qilinadi. U INTOSAI tashkilotining rasmiy nashri hisoblanadi.  

(http://intosaijournal.org/the-uzbekistan-chamber-accounts-launches-a-state-audit-e-platform/)  

2022 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Hisob palatasining «Davlat auditi» dasturiy kompleksi ishga tushirilgan.

Dasturiy kompleksdan ko‘zlangan ustuvor maqsad – byudjet tashkilotlaridagi tekshiruvlarni tartibga solish, nazorat tadbirlarining samaradorligini oshirish va nazorat jarayonlarida inson omilini kamaytirishdan iborat.

Joriy yildan boshlab barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan, ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari majburiy tartibda «Davlat auditi» dasturiy kompleksida ro‘yxatga olinib kelinmoqda.

Bunda, nazorat ob’ekti rahbari QR-kod orqali nazorat tadbiri asosliligini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. «Davlat auditi» dasturiy kompleksida ro‘yxatga olinmagan nazorat tadbirlarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.

Joriy qilingan yangi tizim orqali byudjet tashkilotlarining huquqlari himoya qilinadi, ularda qayta-qayta tekshirishlar o‘tkazish holatlari hamda faoliyatiga asossiz aralashuvlar oldi olinmoqda.

Dasturiy kompleksning ishga tushirilishi moliyaviy nazorat organlari faoliyatini tartibga solish, korrupsion omillarni oldini olish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda vertikal nazorat tizimini o‘rnatish imkonini yaratadi.

Byudjet tashkilotlari o‘zlarida o‘tkazilgan davlat moliyaviy nazorati tadbirlari yuzasidan yozma fikrlarini «Davlat auditi» dasturiy ta’minotiga kiritish hamda nazorat tadbirlari yakunlariga baho berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa nazorat tadbirlari xolisligini, tekshiruvchilarning mas’uliyatini oshiradi.

O‘zA