Bu yil Hindiston mustaqilligining 75 yilligini nishonladi. 1947 yil 15 avgust kuni Hindiston mustaqillikka erishgan. Ayni damda Hindiston davlati O‘zbekiston Respublikasini turli sohalarda qo‘llab kelayotganini ta’kidlashimiz lozim.
Xususan, ta’lim sohasidagi munosabatlar yangi pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekistonda Hindiston universitetlarini tashkil etilishi, Hindistonning nufuzli universitetlarida o‘zbek tili o‘qitish markazlarining faoliyati quvonarli holat albatta.
Ko‘p yillar davomida samarali faoliyat yuritib kelayotgan O‘zbekiston hindshunoslik maktabi ko‘pgina mutaxassislarni tayyorladi. Hindiston tillari, adabiyoti, madaniyati, tarixi, iqtisodi, siyosati va diplomatiyasini o‘qitishda albatta Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari hissasi beqiyos.
Yillar davomida hindshunoslar Hindiston xukumati tomonida hindiy tili va Hindiston madaniyatini targ‘iboti bo‘yicha mukofotlar bilar taqdirlanib kelishgan.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining qator professor-o‘qituvchilari Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Hindiston mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan San’at va madaniyat sohasida do‘stlikni targ‘ib qilish, Hindiston va O‘zbekiston hamda ularning xalqlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan sa’y-harakatlari, umr bo‘yi fidoyiligi uchun mukofoti bilan professor T.Xolmirzayev, professor U.Muhibova, professor T.Xojayeva, dotsent. Sh.Jalilova, dotsent. M.Abdurahmonova, dotsent. S.Nurmatov, dotsent. N.Xojayeva, M.Sodiqova, B.Rahmatov, A.Yunusovalar taqdirlandi.
Nilufar Xojayeva, TDSHU Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi mudirasi