Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Hindiston zamonaviy munosabatlariga oid 11 raqam
15:08 / 2020-12-11

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir kun tartibidan O‘zbekiston - Hindiston do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Ushbu anjuman arafasida O‘zbekiston – Hindiston aloqalari dinamikasini tahlil qilib, quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

1. Hindiston – mamlakatimiz mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan. O‘zaro diplomatik aloqalar 1992 yil 18 martda o‘rnatilgan. Shu paytga qadar 11 marotaba oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgan.

2. Mamlakatlarimiz o‘rtasida jami 108 ta ikki tomonlama hujjat imzolangan bo‘lib, shundan davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar 44 ta, idoralararo 20 ta va boshqa turdagi hujjatlar 44 tani tashkil etadi. Eng muhim hujjatlardan biri, shubhasiz, 2011 yilda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot hisoblanadi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida umumiy hajmi 3,2 milliard dollarlik 20 dan ortiq shartnoma va bitim imzolandi.

4. 2020 yil iyun oyida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida Hindiston parlamentining yuqori va quyi palatalari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar tashkil qilindi.

5. 1997 yildan beri ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida vazir o‘rinbosarlari darajasida doimiy siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilgan.

6. 2019 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 359 million dollarni (25 foiz o‘sish) tashkil qildi. Shundan eksport – 28 million dollarni (12 foiz o‘sish), import esa – 330,5 million dollarni (26,5 foiz o‘sish) tashkil qildi. 2020 yil yanvar - oktyabr oylarida pandemiya sababli O‘zbekistonning eksporti hajmi biroz pasaygan bo‘lsa-da, biroq hind tovarlari importining barqaror o‘sishi kuzatildi.

7. 2017 yilda Dehlida o‘zbek-hind savdo uyi ochildi.

8. bugungi kunda O‘zbekistonda hind kapitali ishtirokida 285 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. (2017-2020 yillarda 2,5 baravar o‘sish).

9. 2018-2019 yillarda O‘zbekistonda Hindistonning "Amiti", «Sharda» universitetlarining filiallari tashkil etildi. 2019 yil 24 iyulda Toshkent shahrida AKT va dasturiy mahsulotlar texnologik parki tashkil kilindi.

10. 2019 yil mart oyida mashhur hind modeler-dizayneri R. Beri O‘zbekistonning Hindistondagi sayyohlik brendi elchisi etib tayinlandi.

11. Hindistondan mamlakatimizga kelgan sayyohlar soni 2018 yilda 22 mingdan ziyodni, 2019 yilda esa 27 mingdan ortiqni tashkil etdi. Afsuski, pandemiya sababli 2020 yilda ushbu raqam pasayib ketdi.

Biz pandemiya tezroq barham topib, O‘zbekiston -Hindiston aloqalari yana jadal rivojlanishiga umid bildiramiz.

Qodir Jo‘rayev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati