Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Hindiston: ta’limdagi hamkorlik
17:28 / 2023-12-18

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Acharya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Acharya universiteti tajribasini malaka oshirish va qayta tayyorlov tizimiga tatbiq etish maqsadida mazkur universitet bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.  

Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Acharya universiteti rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida imzolangan memorandum ushbu hamkorlikning mustahkam asosi bo‘ldi. Memorandum doirasida Acharya universitetining xorijlik professor-o‘qituvchilari tomonidan viloyatdagi informatika, ingliz tili va matematika fani o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilib, ushbu kurslarga bir yilda 1600 nafar o‘qituvchilar jalb etilishi rejalashtirildi.    

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Acharya universiteti filiali faoliyat olib bormoqda. Xalqaro IT universiteti sanalgan mazkur dargohda sun’iy intellekt, ma’lumotlar fani, kiberxavfsizlik, biznes tahlil va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mukammal bilim olish imkoniyati mavjud.  

Pedagoglarning 70 foizi xorijdan, aniqrog‘i, Hindistonning o‘zidan kelib ta’lim beradi. Mahalliy o‘qituvchilar esa Hindistonda malaka oshirishadi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.