Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Hindiston: ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
17:02 / 2024-07-24

Xorazm viloyati hokimligi delegatsiyasi Hindistonda xizmat safarida bo‘ldi. Delegatsiya tarkibidan viloyatning barcha davlat OTMlari jumladan, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova ham joy oldi.

Safar davomida Hindistondagi ta’lim sifati, ilmiy va o‘quv jarayonlari, ilg‘or pedagogik tajribalarning tatbiqiga e’tibor qaratildi. Xususan, UrDPI rektori F.Madrahimova Dehli shahridagi Javaharlal Neru universiteti rahbariyati  bilan muzokaralar olib bordi. So‘ngra ikkala OTM o‘rtasida o‘quv va ilmiy sohalarda hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.  

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari Bangalor shahridagi Achariya universitetiga tashrif buyurdi. U yerda universitetning faoliyatiga oid taqdimot bilan tanishdi va talabalar bilan uchrashdi. Universitet rahbariyati bilan muzokaralardan so‘ng UrDPI va Achariya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA