O‘zbekiston – Hindiston sog‘liqni saqlash xalqaro forumi boshlandi
Bugun poytaxtimiz yana bir nufuzli anjumanga mezbonlik qilyapti. Toshkentdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston – Hindiston sog‘liqni saqlash xalqaro forumi boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda ikki mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari, diplomatik korpus vakillari, Hindistonning yetakchi xususiy tibbiyot markazlari hamda yirik farmatsevtik korxonalar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tadbirda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov mamlakatimizda tibbiyot yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar, sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot bermoqda.
Forum yakunida hind hamkorlar bilan umumiy qiymati 300 million dollarga teng 100 dan ortiq memorandum va shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Go‘zal Sattorova,
Nosir Haydarov(surat) O‘zA