Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Hindiston bahsida 46:29 hisobi qayd etildi
10:20 / 2025-08-21

FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizda gandbol bo‘yicha 19 yoshli qizlar o‘rtasida qit’a birinchiligi start oldi. 

Mamlakatimiz jamoasi mazkur nufuzli musobaqada 2011 yildan buyon muntazam ishtirok etmoqda. Vakilalarimiz shu paytgacha 7 marta chempionat qatnashchisi bo‘lgan. Eng yaxshi natijaga 2022 yili Olmaota shahrida o‘tkazilgan musobaqada erishgan. O‘shanda, jamoamiz kuchli to‘rt jamoa safiga kirgan - 4 o‘rin. Yana uch martadan beshinchi va yettinchi o‘rindan joy olgan.

[gallery-24864]

Dastlabki turda vakilalarimiz hindistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga chiqdi. Sportchi qizlarimizning yaqqol ustunligida o‘tgan uchrashuv 46:29 hisobida yakun topdi: O‘zbekiston — Hindiston 46:29.

Bugun vakilalarimiz Gonkong terma jamoasi bilan uchrashadi.

Muhammad AMIN(surat),O‘zA