Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston havosida nega ifloslanish darajasi ortib bormoqda?
10:56 / 2023-02-13

TAHLIL VA TAXMIN

Bilyapmiz-u, ammo idrok etmayapmiz, bu – eko-muammo...  

Jismni, kiyim-kechakni, uy-joy va mahallani, boringki, shaharni ozoda tutishimiz kerak deya turib, atrofni chiqindiga to‘ldirib yuborayotganlar, afsuski oramizda ko‘p.  

Tadqiqotlarga ko‘ra, atrof-muhitning ifloslanishi jang maydonidagidan 15 barobar ko‘p odamning umriga zomin bo‘lar ekan. Britaniyaning "Lancet" jurnali ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilda havo ifloslangani oqibatida turli kasallikka chalinib vafot etgan insonlar soni 9 millionga yetgan. Bu dunyo bo‘yicha o‘lim holatining 16 foizi demakdir. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yilning 17 oktyabr oqshomida Toshkent shahri havo ifloslanishi bo‘yicha IQAir reytingida Dehlini ham ortda qoldirib, dunyoda 1-o‘ringa chiqib olgan.  

Bu yil esa reytingda 2-o‘ringa tushgani aytildi. Aslida bu ham ijobiy natija emas, albatta. Sabablari asosli taxminga borib taqaladi: daraxtlarga qirg‘in keltirish, pala-partish qurilishlar va sifatli jamoat transporti ta’minlanmagani...  

Olimlar ekologiyaning yomonlashuvini insonlar o‘limiga kashandalik, ochlik va tabiiy ofatlardan ham ko‘proq sabab bo‘ladi, deyishmoqda. Demak, havo ifloslanishi bilan bog‘liq masala faqat uzoqdagi davlatlarda emas, o‘zimizga ham tegishli muammo.  

Endi har yili millionlab daraxt ko‘chatlarini shunchaki qadab qo‘yib emas, chin maqsadda parvarishlab o‘stirishimiz lozim bo‘ladi.  

Bu ham yetmagandek, bilgan holda oqar suvlarga chiqindilarni tashlashdan oldin vijdonimiz oldida hisoblashishimizga to‘g‘ri keladi.  

Mutaxassislar esa qo‘yidagi fikrlarni bildiradi...  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/-dPf-mU2e_s" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

Abdulaziz RUSTAMOV, Mohichehra ESHMIRZAEVA, N.Abduvoitov (video), O‘zA