Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston harbiylari Mustaqillik monumentiga gullar qoʻydi
12:50 / 2022-01-14

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi mamlakatimiz boʻylab katta koʻtarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Bayram munosabati bilan 14-yanvar kuni erta tongda istiqlolimizning oʻttiz yilligiga bagʻishlab bunyod etilgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumentiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qoʻmitasi rahbariyati hamda harbiy xizmatchilari harbiy orkestr sadolari octida Mustaqillik monumentiga gulchambarlar qoʻydilar.

Shundan soʻng davlatimiz madhiyasi yangradi. Tantanali marsh sadolari ostida faxriy qorovul guruhi monument atrofida yurish qildi.

[gallery-5446]

Taʼkidlash lozim, Qurolli kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy qurol-yarogʻ va aslahalar bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilishi natijasida milliy armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir jangovar kuchga aylanib bormoqda.

 

T. Roʻziyev, OʻzA