«O‘zbekiston global tur-2024» musobaqalari nihoyasiga yetdi
Poytaxtimizdagi “Universal horses stables” ot sporti klubida “O‘zbekiston global tur-2024” musobaqasining so‘nggi VIII bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Chavandozlar 145 sm., 130 sm., 125 sm., 115 sm., 105 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tishda o‘z mahoratini namoyish etdilar.
Keskin va murosasiz kechgan bahslar yakunida, g‘olib va sovrindorlar nomi e’lon qilindi. Alisher Erkinov, Bahromjon Gaziyev, Ulug‘bek Usmonov, Firdavsbek Davronbekov va Nurmuhammad Kamoliddinov kabi sportchilar mahorat bobida tengsiz ekanligini namoyish etib, g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.
[gallery-20983]
VIII bosqich g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA