French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston global farmatsevtika hamkorligini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda
11:39 / 2026-02-14

2026-yil 9-12-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahrida  sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biri –“World Health Expo”– “WHX Dubai-2026” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir 70 ga yaqin davlatdan bir necha ming farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalarini birlashtirib, innovatsion yechimlar taqdim etish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va tibbiy texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun samarali maydonga aylandi.

Forumda O‘zbekistondan 300 ga yaqin vakilfaol ishtirok etib, eksport imkoniyatini kengaytirish, yangi hamkorlar topish va jahon bozori tendensiyalarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.

Xususan, mamlakatimizdagi yetakchi distribyutorlardan biri – «Synergy Pharmco» kompaniyasi delegatsiyasi tarkibidan Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Inna Astoshonak, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor Zulfiya To‘ranazarova, tibbiyot direktori Rustam Agishev va tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha menejer Komila Qurbonova o‘rin oldi. Mutaxassislarimizning anjumandagi faolligi kompaniya, qolaversa mamlakatimizning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga o‘ziga xos va strategik yondashuvini namoyon etdi.

Ko‘rgazmaning ishbilarmonlik dasturi doirasida “Synergy Pharmco” vakillari xalqaro sheriklar bilan qator strategik uchrashuvlar, muzokaralar o‘tkazdi. Masalan, Amirliklarning yetakchi maslahat kompaniyasi – “ALMATARI Enterprises LLC” asoschisi va bosh direktori Yusuf Solih bilan muloqot davomida o‘zaro uzoq muddatli hamkorlik istiqboli, BAA farmakologiya bozorini tahlil qilish va o‘rganish, mahsulotlarni xorij bozoriga olib chiqish bilan bog‘liq doimiy talablarni muvofiqlashtirish, mahsulotlarni birgalikda ilgari surish va lokalizatsiya qilish imkoniyati muhokama qilindi.Shuningdek, sertifikatsiya jarayoni, marketing strategiyasi, distributsiya tarmog‘ini shakllantirish va Yaqin Sharq mintaqasida B2B formatidagi sheriklikni rivojlantirish masalalari ham ko‘tarildi.

“Synergy Pharmco” Italiya, Ispaniya, Xorvatiya, Polsha, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa davlatlardagi yetakchi ishlab chiqarish maydonlari bilan hamkorlik qiluvchi distribyutor hisoblanadi. Mazkur korxonada maxsus brend ostidagi biologik faol qo‘shimchalar xalqaro sifat standartiga mos ishlab chiqariladi.

Shu bilan birga, kompaniya mintaqaviy faoliyatni ham tizimli rivojlantirmoqda. Ayniqsa, Tojikiston va Qozog‘istondagi vakolatxonalar Markaziy Osiyo bozorida barqaror transmilliy distributsiya modelini shakllantirish orqalimamlakatimiz pozitsiyalarini mustahkamlashgasalmoqli hissa qo‘shmoqda.

Jumladan, “World Health Expo-2026” ko‘rgazmasidagi ishtirok ham kompaniyaning xalqaro rivojlanish strategiyasida muhim bosqich bo‘lib, umumiy eksport salohiyatini yuzaga chiqarish, qolaversa O‘zbekistonning global farmatsevtika bozoridagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA