French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston gilos eksport qiluvchi yirik davlatlardan biri hisoblanadi
15:41 / 2022-05-16

Bu haqida Germaniyaning yangi meva-sabzavot bo‘yicha xalqaro savdosiga ixtisoslashgan «Fruchtportal.de» elektron jurnalida chop etilgan «O‘zbekistonda gilos eksporti mavsumi boshlandi» nomli maqola aytib o‘tilgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, bir necha kun avval o‘zbekistonlik eksportchilar tashqi bozorlarga gilos yetkazib berishni boshlab yuborgan. «O‘zbekistondan yangi gilos eksporti 2022 yil may oyining boshlarida, o‘tgan yilga nisbatan 4-5 kun oldin boshlangan va EastFruit tahlilchilarining fikriga ko‘ra, 2022 yil 1-4 may kunlari taxminan 350-400 tonna mahsulot jo‘natilgan», deyiladi xabarda.

Qayd etilganidek, gilos eksporti mavsumini boshlab beruvchi «Bahor» navi O‘zbekistonda aprel oxiri va may oyining boshlarida pishib yetiladi.

Bundan tashqari, “East-fruit«ning xabar berishicha, O‘zbekiston gilos eksport qiluvchi yirik davlatlardan biri hisoblanadi. O‘tgan yili gilos eksporti bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi. «2021 yil qish va erta bahorda O‘zbekistonda kuzatilgan danakli mevalar hosiliga katta zarar yetkazgan ob-havo anomaliyalariga qaramasdan, gilos o‘tgan yili O‘zbekiston eksportini keskin oshirgan yagona danakli meva edi, - deb yozadi nashr. – Qadoqlash sifati va turiga qarab, taxminan 26 mm o‘lchamdagi gilosni yetkazib berish narxi qadoqlash, yuklash va tushirish xarajatlarini hisobga olgan holda bir kilogramm uchun 50 mingdan 70 ming so‘mgacha (4,5 - 6,3 AQSH dollari) tashkil etgan».

«2021 yilgi eksport hajmi 60,1 ming tonnaga (qiymati 83,1 million dollar) yetgan va 2020 yildagi ko‘rsatkichga (29,3 ming tonna) nisbatan ikki baravarga oshgan», - deb ma’lum qilgan “Fruchtportal.de” axborot manbasi.

O‘zA