O‘zbekiston-Germaniya: Tuproqshunoslik istiqbollari yuzasidan hamkorlik
Bugungi kunda mamlakatimiz va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkam yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida bu hamkorlik zamonaviy uskunalar va sohadagi ijobiy natijalarga turtki bo‘lmoqda.

Xususan, "Tuproq tahlil markazi" bilan Germaniya tadqiqot jamg‘armasi hamda Germaniya Federal tadqiqot, texnologiya va koinot vazirligi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama qo‘shma tadqiqotlar doirasida yer degradatsiyasining oldini olish va tuproq salomatligi istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib, oldindagi yangi rejalar va maqsadlarga e’tibor qaratdi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA