Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Germaniya: tibbiyot sohasida hamkorlik
15:23 / 2022-09-27

Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi otorinolaringologiya bo‘limiga xorijlik “HNO klinik Minester” klinikasi mutaxassislari tibbiyot fanlar doktori professorlar Tomas va Rut Overlaklar tajriba almashish maqsadida keldi.

Xorijlik shifokorlar Germaniya Federativ Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik doirasida Buxoro tibbiyot instituti loyihasiga asosan markazda otorinolaringologiya yo‘nalishida amaliyotga tatbiq etilayotgan innovatsion texnologiyalar, ilg‘or diagnostika, muolaja usullari hamda reabilitatsiya sohasiga doir zamonaviy yondashuvlar xususida o‘zaro fikr va tajriba almashdi.  

Shuningdek, quloq, tomoq, burun kasalliklarga chalingan bemorlarga shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish, bolalarda eshitishdagi muammolarni erta aniqlash hamda samarali davolash borasidagi yangiliklar ham muhokamalar markazida bo‘ldi. Otorinolaringologiya sohasida olib borilayotgan izlanishlar, yangi davolash va diagnostika usullari, innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish uchun davlat tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, markazga tashrif buyurgan yetakchi shifokorlar tomonidan alohida e’tirof etildi.  
 

Zarif Komilov,  
O‘zA