English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Germaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar to‘g‘risida
11:54 / 2022-02-07

Berlin shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchilik qildi. Germaniya tomonidan Germaniya tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Matias Lyuttenberg boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Maslahatlashuvlar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy muloqotni mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Jahon va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. M.Lyuttenberg Germaniya tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi va Berlinning O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Maslahatlashuvlar doirasida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini (6-mart) nishonlash, o‘zaro hamkorlik mexanizmlari tartibini faollashtirish, turli darajadagi o‘zaro tashriflarni tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar kelishib olindi.

O‘zA