Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Germaniya: siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar hamkorlik mustahkamlanadi
09:19 / 2024-07-17

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Germaniya Federativ Respublikasi Mehnat va ijtimoiy masalalar vazirligi parlament davlat kotibi Anette Kramme bilan uchrashdi.

Senatda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Germaniya vakillari Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida migratsiya va mobillik bo‘yicha hukumatlararo bitimning ahamiyati muhokama qilindi.

Tovarlarni barqaror yetkazib berish zanjirini yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratildi. Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA