O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida ushbu davlatdagi “BREITZMANN Edelmetalle & Diamanten” eng nufuzli kompaniyalardan birining asoschisi, “Bavariya – O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi, janob Karl – Xayns Braytsman boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “BMB HOLDING” tizimidagi korxonalar faoliyati bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatida bo‘ldi.
Nemis yurtidan kelgan martabali mehmonlarni “BMB HOLDING” ta’sischisi Aziz Mamatqulov kutib olib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash va eksportga ixtisoslashgan – “BMB-NRC Agrologistics”, “BMB Agro Plus” korxonalari hamda “BMB IMPEX” mahsulotlarni tarqatish bazasi faoliyati bilan tanishtirdi.


Germaniyalik delegatsiya a’zolari jarayonlar bilan tanisharkan, meva va sabzavotlarni birlamchi, ikkilamchi va yakuniy qayta ishlashdan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga olgan yaxlit tizim yaratilganligini e’tirof etdi hamda kelgusida mazkur korxonalarda chuqur qayta ishlangan hamda quritilgan mahsulotlar savdosida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.


Xususan, Germaniyaning savdo tarmoqlariga qo‘shilgan qiymatga ega chuqur qayta ishlangan hamda quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti bo‘yicha birgalikda ishlarni tashkil etishga kelishib olindi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri