Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Germaniya hamkorligi o‘sish sur’ati ko‘rib chiqildi
12:50 / 2024-02-23

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama sheriklikning bugungi holati, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi holati, shuningdek ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlashga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, 2023 yil yakunida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida tovar ayirboshlash miqdori 1 milliard dollardan oshdi. Ushbu davlatdan o‘zlashtirilgan sarmoya 913,2 million yevroni tashkil etdi.

Hozir yurtimizda Germaniya kapitali ishtirokida 215 korxona, jumladan 112 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat ko‘rsatmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishni ma’qulladi. Shuningdek, o‘zaro savdoni yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

O‘zA