Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Germaniya biznes-forumi
16:47 / 2022-07-05

Toshkentda O‘zbekiston - Germaniya ishbilarmonlar Kengashi 6-yig‘ilishi doirasida Biznes-forum o‘z ishini boshladi.

Anjumanda davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga salmoqli hissa qo‘shayotgan yetakchi kompaniya va firmalar rahbarlari, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov so‘zga chiqib, nufuzli delegatsiya bilan tashrif buyurgan germaniyalik hamkorlarni, forumning barcha qatnashchilarini samimiy qutladi.

bugungi kunda ko‘p yillik konstruktiv va samarali muloqot natijasida ikki hamkor mamlakat o‘rtasida o‘zaro manffatli sheriklik yo‘lga qo‘yilgan, germaniyalik hamkorlar ko‘magida O‘zbekistonda qator yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ma’lum qilinganidek, ayni paytda yurtimizda Germaniya kapitali ishtirokida 200 dan ortiq korxona samarali faoliyat yurityapti.

Xususan, “MAN” kompaniyasi bilan zamonaviy yuk avtomobillari va avtobuslar, “CLAAS” kompaniyasi bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi, “Viessmann” kompaniyasi bilan ikki konturli isitish qozoni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

[gallery-7848]

“Siemens Energy” kompaniyasi bilan Surxondaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasi qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ertaga “Papenburg” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilayotgan asfalt-beton zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston bilan Germaniyaning muvaffaqiyatli ishbilarmonlik hamkorligiga, aqniqsa, “Knauf” kompaniyasi faoliyati namunali misol bo‘la oladi.

“Knauf” mamlakatimizda 3 ta zavod qurilishiga 90 million yevrodan ziyod sarmoya kiritdi. Yaqin kunlarda Farg‘ona viloyatida gipsokarton va quruq gips aralashmalari ishlab chiqaradigan yana bir yangi zamonaviy korxona ochish rejalashtirilgan.

Ushbu misollar O‘zbekistonda nemis biznesi samarali rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligini ko‘rsatadi.

Qayd etilganidek, birgalikdagi sa’y-harakatlar va bugungi biznes-forum singari tadbirlar ikki tomonlama hamkorlik salohiyatidan yanada ko‘proq, unumliroq foydalanish imkonini beradi.

O‘zbekiston - Germaniya ishbilarmonlar kengashi 6-yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan Biznes-forumda Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo‘mitasi bosh ijrochi direktori Mixael Xarms, boshqaruv a’zosi Manfred Grundke so‘zga chiqdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tayyorlangan mamlakatimiz investitsion salohiyati aks etgan taqdimot namoyish etildi. Qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Biznes forum doirasida sanoat, moliya, qishloq xo‘daligi sohalari bo‘yicha alohida sho‘’ba yig‘ilishlari va V2V shaklidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

G‘.Xonnazarov,

A.Abdullayev (surat),O‘zA