O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari Vatanga qaytishmoqda
Kecha, 24 fevral kuni zilzila oqibatida jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish uchun Turkiyaga borgan barcha qutqaruvchilar to‘planib, Turkiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ularga minnatdorchilik bildirdi va o‘z yurtlariga qaytishlari uchun oq yo‘l tiladi.
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiya aeroportidan olqishlar bilan kuzatilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangandan e’tiboran, ya’ni 7 fevral kunidan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar tomonidan 30 nafardan ortiq jabrlanganlar qutqarilib, 100 nafardan ortiq halok bo‘lganlar vayronalar ostidan olib chiqildi.
Falokat oqibatida vafot etganlar soni esa 46.000 dan oshgani aytilmoqda.
Zilziladan jabrlangan fuqarolarni qutqarish uchun Turkiyaga dunyoning 80 dan ortiq davlatidan qutqaruvchilar kelgan.
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar, bugun 25 fevral kuni tongda, Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olinadi.
<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/ipFYbotFBqw" title="O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari Vatanga qaytishmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>