O‘zbekiston futbolining ilk rahbari 90 yoshda
O‘zbek futboli tarixiga o‘z nomini muhrlagan faxriylarimizdan biri Elmar Aminovning 90 yoshni qarshi olganligi munosabati bilan Milliy olimpiya qo‘mitasida tadbir o‘tkazildi.
Yig‘ilganlar 1959 yil O‘zbekiston futbol federatsiyasiga asos solinganida, Elmar Aminov ushbu tashkilotning rahbari etib tayinlangani, faoliyati davomida “Paxtakor” jamoasi boshlig‘i, keyinchalik O‘zbekiston Ministrlar Kengashi davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi muovini, rahbari lavozimlarida ishlaganligi, shuningdek eng murakkab davrlarda mamlakatimiz sport tizimi rivojiga o‘z hissasini qo‘shganligini e’tirof etishdi.
O‘z navbatida, Elmar Aminov davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun ekanini bildirdi va barchaga o‘zining tashakkurini izhor qildi.
O‘zA