English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston futbolida yaponiyalik mutaxassis ish boshladi
17:49 / 2022-02-01

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yaponiyalik Midori Honda bilan 2023 yilning yakuniga qadar O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritishi bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1964 yilda Yaponiyaning Sidzuoka shahrida tavallud topgan Midori Honda 1981-1991 yillari Yaponiya ayollar terma jamoasi safida to‘p surgan. Osiyo o‘yinlari bronza medali sohibasi. 

Murabbiylik faoliyatini 2001 yili “Okayama“ klubida boshlagan mutaxassis keyinchalik Yaponiya U-20 ayollar terma jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. O‘shanda kunchiqar yurt vakillari jahon chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. U 2013-2019 yillari “Nagano Parseyro”, 2020-2021 yillarda esa “Sidzuoka SSU Asredjina” klublarini boshqargan.  

Shuningdek, mamlakatimiz ayollar terma jamoasida yana bir yaponiyalik mutaxassis Takaya Sutsumi darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ldi. 

O‘zA