Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston fuqarosi hamisha davlat himoyasida bo‘ladi
15:47 / 2022-03-14

Andijon viloyati hokimligida xorijdagi vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish masalasi tahliliga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Hokimliklar, davlat idoralari mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokidagi muloqot avvalida hozirda xorijiy davlatlarda ishlab yurgan fuqarolar, ularning mehnat sharoitlari hamda oila a’zolarining yashash sharoitlarini o‘rganish, muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha viloyat, tuman, shahar ishchi guruhlari tashkil etilganligi, ishchi guruh tomonidan bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

bugungi kunga qadar, viloyatdagi turli maqsadlarda yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketib, ayni paytda xorijda bo‘lib turgan mehnat migrantlarining ro‘yxati shakllantirildi.

[gallery-6136]

Mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar doirasida 180 ming 661 nafar migrantning 131 ming 96 tasi yoki 79 foizi xatlovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida 22 ming 834 nafar yoki 13 foiz migrantlar yurtimizga qaytib kelganligi, lekin ana shu davrda 8 ming 27 nafar yurtdoshimiz ishlash uchun xorijga chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Muloqot doirasida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Rossiya va Ukraina davlatlarida yashab, tahsil olayotgan hamda mehnat qilayotgan bir guruh andijonliklar bilan onlayn suhbat o‘tkazdi.

Viloyat rahbari xorijdagi yurtdoshlarimizning fuqarolik pasporti, ishsizlik, oilaviy ijtimoiy himoya bilan bog‘liq murojaatlarini eshitdi.

Mutasaddilarga qabul qilingan murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha tegishli taklif va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, muloqotda keyingi yillarda yurtimizda xususan, Andijonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, ishsizlikni kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlar natijasida yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilganligi, ko‘plab fuqarolar daromadli ish bilan ta’minlanayotganligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirda Ukraina davlatidagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, ayni damdagi siyosiy vaziyat sabab Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizga olib kelingan talaba yoshlarning ta’limni davom ettirishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilganligi qayd etildi.

Muloqotda O‘zbekiston fuqarolari qayerda bo‘lmasin, ular hamisha davlat himoyasida ekanligi ta’kidlanib, viloyatda “Hamyurtlarimizni Andijonga qaytarish, ularning va oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash oyligi” boshlanganligi e’lon qilindi.

 

F. Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA