French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston fuqarolari zich joylashgan xorijiy davlatlarda muddatdan oldin ovoz berish nuqtalari tashkil etilgan
13:51 / 2023-04-30

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘zbekiston Respublikasi referendumi bo‘yicha xorijda muddatidan oldin ovoz berish natijalari haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning xorijdagi Elchixona va Bosh konsulxonalari tomonidan joriy yilning 19-26 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi referendumining muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari amalga oshirildi.  

 O‘zbekiston fuqarolari zich joylashgan 40 ta xorijiy davlatda, jumladan diplomatik vakolatxonalarimiz mavjud bo‘lmagan shaharlarda qo‘shimcha ravishda jami 1 ming 3 ta muddatdan oldin ovoz berish nuqtalari tashkil etildi. Ushbu muddatdan oldin ovoz berish jarayonida 159 ming 276 nafar fuqaromiz o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalandi.  

Xorijdagi referendum jarayonlarini OAVda yoritilishini ta’minlash maqsadida Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg, Vladivostok shaharlari), Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Turkiya davlatlariga O‘zbekiston MTRK xodimlari jo‘natildi. Hozirgi vaqtda, yurtimizning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari mavjud bo‘lgan 39 ta davlatda 55 ta referendum uchastkalari tashkil etilgan.  

Xorijdagi referendum jarayonlarining dastlabkisi 30 aprel kuni yurtimizning Yaponiya va Koreyadagi diplomatik vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanib, so‘nggisi Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vakolatxonalarda 1 may kuni soat 05:00 da yakunlanishi ma’lum qilindi.  

Mamlakatimizning Sharq va Osiyo mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalarida, xususan, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Hindiston, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Vladivostok, Novosibirsk, Yekaterinburg shaharlarida hamda qo‘shni mamlakatlarda ovoz berish jarayoni boshlandi.  

M.Toshqorayeva, O‘zA