O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz boradigan davlatlar soni yana bittaga ko‘paydi
2024 yil 16 yanvar kuni BAA Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokoli imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.
Ma’lumot uchun: 2023 yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar O‘zbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSH dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan.
Hukumatlararo hamkorlik protokoli O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Abdulla Belhul tomonidan imzolandi.
Hujjat rasman 2024 yil 16 fevraldan kuchga kiradi.
Imzolangan hujjat O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiylashtirmasdan boriladigan mamlakatlar sonini 29 taga yetkazib, O‘zbekistonni Global Passport Power reytingida 71 o‘ringa ko‘taradi.
O‘zA