Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Fransiya: Toshkentda fransuz kinosi kunlari o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi
18:11 / 2022-06-01

Toshkentda fransuz kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Kinematografiyasi agentligida  Audiovizual hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy attashe Emanuel Fosiyon bilan  o‘tkazilgan uchrashuvda bu haqida kelishuvga erishildi.  

Uchrashuvda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Loran Oriol ham ishtirok etdi.  

–Biz filmlarimizni O‘zbekistonda, ayniqsa,  Toshkent xalqaro kinofestivalining kabi yuqori saviyadagi tadbirda ommalashtirishdan manfaatdormiz. Mamlakatingizga hali hech qayerda taqdimot etilmagan, yangi film olib kelishni rejalashtirganmiz. Umid qilamanki, Fransiya kinosi kunlari muvaffaqiyatli o‘tadi va biz Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kino sohasida hamkorlikning boshqa salohiyatli yo‘nalishlarini ham topamiz, – dedi Audiovizual hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy attashe Emanuel Fosiyon.  

Kinomatografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Fransiya bilan hamkorlik rejalari va kinofestivalga tayyorgarliklar haqida gapirib berdi.  

–O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestival bu yil ham ham kuzda bo‘lib o‘tadi. Ayni shu kunlarda kinofestivalda Italiya, Ruminiya, Slovakiya, Jazoir, Misr va SHHTning barcha davlatlari bilan kino kunlarini o‘tkazish bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda. Fransiyaga kelsak, tomoshabinlar fransuz kinosining eng yaxshi namunalarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishidan xursandmiz, chunki aynan Fransiya kino san’atining asoschisi hisoblanadi, –dedi F. Abduxoliqov.  

Yaqin kunlarda tomonlar filmlar kinoafishasini tasdiqlaydi.  

Kinematografiyasi agentligi Axborot xizmati. 

O‘zA.