Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Fransiya: O‘zaro hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan
09:59 / 2025-11-26

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Fransiya Respublikasi parlamenti Senati o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha guruhlarning onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston - Fransiya hamkorligi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi. Bu yuqori darajadagi tashriflar hamda yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani bilan izohlanadi. 

Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va qator tarmoqlarda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi. Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma tashabbuslar va ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishning ahamiyatiga urg‘u berildi. 

Fransuz tilini o‘rganishga qiziqish tobora ortib borayotgani, shuningdek, ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik izchil kengayib borayotgani ta’kidlandi.

Turistik aloqalarni jonlantirish, qo‘shma turizm forumlari va madaniy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha guruhlar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, ularning har yili kamida bir marta qo‘shma yig‘ilishlarini o‘tkazish hamda navbatdagi yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasida tashkil etishga kelishib olindi.

N.Abduraimova,

O‘zA