“O‘zbekiston – Fransiya oliy ta’lim muassasalari forumi”ga start berildi
Bugun mamlakatimizga Fransiyaning Yevropa va Tashqi ishlar vazirligi Oliy ta’lim va tadqiqotlar boshqarmasining universitetlararo ilmiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Martin Russel xonim boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston – Fransiya oliy ta’lim muassasalari forumi”da ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Tashrifning birinchi kuni delegatsiya a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston – Fransiya oliy ta’lim muassasalari forumi”ning ochilish marosimi o‘tkazildi.
[gallery-4194]
Unda ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi, muhokama va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston – Fransiya oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro ikki tomonlama taqdimotlari o‘tkazildi.
Forum 10 oktyabrga qadar davom etadi.
Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA