Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Fransiya: hamkorlikning yangi ufqlari
16:46 / 2025-01-31

Toshkentda O‘zbekiston – Fransiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlanirish, ikki mamlakat  ishbilarmon doira vakillarini birlashtirishda muhim qadam bo‘ldi.

Qayd etish joiz, 2024 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Fransiya bilan savdo aylanmasi oldingi yilga nisbatan 13,7 foiz o‘sib, 1.13 milliard dollarni tashkil etdi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichida eksport 795.1 million (+98,6 foiz),  import esa 336,1 million dollar (–43,5 foiz)ni tashkil qildi. So‘nggi yetti yilda ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar qiymati qariyb besh barobar ortib, 2017 yildagi 251.6 million dollardan 2024 yil yakunida 1.13 milliard dollarga yetdi.

Hozir O‘zbekistonda farang sarmoyadorlari ishtirokida 50 ta, jumladan 28 qo‘shma, 22 to‘liq xorij kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Bu jarayonda qurilish, sayyohlik, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohalarining ulushi salmoqli.

[gallery-21530]

Anjumanda invesititsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev respublikamiz delegatsiyasiga boshchilik qildi. Mehmon tomonni “MEDEF International” korxonalar harakati vakili Klod Imoven tanishtirdi.

Forumda mamlakatimiz nomidan tegishli vazirlik, idoralar mas’ullari, biznes hamjamiyati vakillari, Fransiyaning 50 dan ziyod yirik korxonasi, jumladan “AIRBUS”, “Suez”, “TotalEnergies” kabi kompaniyalar rahbarlari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev raisligida o‘tgan biznes muloqotda fransuz kompaniyalari vakillari o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Ular mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar, ularning qonuniy huquqi va manfaatini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan tanishtirildi. Energetika, tog‘-kon sanoati, suv ta’minoti va transport sohalari bo‘yicha loyihalarda faol ishtirok etishiga chaqirildi.

B2B va B2G formatidagi uchrashuvlarda yangi bitimlar mazmuni tahlil qilindi.

O‘zaro ilg‘or tajriba almashish, kelgusi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish maydonchasiga aylandi. Erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlashga zamin yaratishi   shubhasiz.

Aziza Alimova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA