Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston “Forbes”ning 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta hududlari ro‘yxatida
20:52 / 2022-01-28

Dunyoga mashhur jurnallardan biri bo‘lmish “Forbes” O‘zbekistonni 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta hududlar ro‘yxatiga kiritdi. Unda, yurtimizning ajoyib shahar infratuzilmasi, mamlakatimiz poytaxti Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Xivaga ya’ni Buyuk Ipak yo‘lidagi to‘xtash joylariga – bemalol sayohat qilish mumkinligi xususidagi ajoyib bir maqola joy olgan.

Ushbu maqolada, shaharlarning uchtasi tezyurar poyezdlar bilan yaxshi bog‘langani, Xiva esa Buxoro bilan sovet davridagi poyezd orqali bog‘langani to‘g‘risida fikr yuritiladi. – Siz bu yerda kontrastga duch kelasiz ya’ni Eski O‘zbekiston va Yangi O‘zbekiston o‘rtasidagi tafovutga, – deydi mustaqil yozuvchi va sayohatchi Anna Kartashova.

Yo‘nalishdagi har bir shahar (Toshkentdan tashqari) YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va har bir sayyohga diqqatga sazovor tarixiy joylarni ko‘rish imkoniyati yaratilgan, deyiladi muallif qaydlarida. Ta’kidlash joizki, Xivaning eski shaharchasi hisoblanmish Ichan qal’a o‘zbek shaharlari orasida birinchi bo‘lib madaniy obidalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Agarda Buxoroga tashrif buyuradigan bo‘lsangiz, uning ko‘plab bezakli qadimiy madrasalarini (maktablarini) ziyorat qilish imkoniyatini o‘tkazib yubormang, Buxoro Arkini ziyorat qiling va savdo gumbazlaridan esdalik sovg‘alari xarid qilishni unutmang, chunki siz ushbu mo‘jazgina bozorchalardan odamni dilini quvnatadigan bejirimgina buyumlar xarid qilishingiz, so‘ng ularni yaqin kishingizga hadya etishingiz mumkin, deydi maqola egasi. To‘g‘ri bu yerda juda ko‘plab madaniy, tarixiy meroslarni uchratishingiz mumkin, biroq, qadimiy va ulug‘vor shahar, buyuk Amir Temur davlatining markazi bo‘lmish Samarqand, biribir o‘zining mahobatli va ko‘rkam Registon maydoni bilan kishini hayratda qoldiradi.

Quyoshli o‘lkaning poytaxti hisoblanmish Toshkentda qo‘zichoq go‘shti va maydalangan sabzi qo‘shilgan an’anaviy guruchli taom bo‘lgan palovni qorningiz yorilib ketguncha iste’mol qilishingiz mumkin, albatta bu hazil, ammo taomlari juda ham mazzali...