O‘zbekiston - Finlyandiya hamkorligi istiqboli muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen bilan uchrashuvdi.
Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy rivojlanishi va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik ko‘lamini kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalar amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mintaqaviy jarayon, xalqaro platformalar doirasidagi sheriklik hamda siyosiy, iqtisodiy va diplomatik masalalarni muvofiqlashtirish yo‘llari ham tahlil etildi. Amaliy xususiyatga ega ikki tomonlama kun tartibi istiqbolga yo‘naltirilgan bo‘lib, aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan umumiy tashabbuslar va kelajakdagi tadbirlarni o‘z ichiga olgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA