English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston falastinlik qochqinlarga 1,5 million AQSH dollari miqdorida yordam ko‘rsatadi
15:28 / 2023-11-02

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam ajratish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) tomonidan olib borilayotgan Falastin xalqi uchun gumanitar yordam ko‘rsatish tadbirlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1,5 million AQSH dollari miqdorida yordam ko‘rsatadi.

O‘zA