Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston — Eron munosabatlari faollashib borayotgani e’tirof etildi
16:01 / 2025-09-29

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Eron Islom Respublikasi Islomiy kengashi majlisining deputati, "Eron — O‘zbekiston" parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Javad Nikbin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda keyingi yillarda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, ikki tomonlama aloqalarning barcha yo‘nalishlarida o‘zaro munosabatlar faollashib, ko‘p tomonlama muloqotlar mustahkamlanib borayotgani alohida e’tirof etildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil iyun oyida Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston — Eron munosabatlari yanada keng qamrovli hamkorlik darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.

Suhbat chog‘ida Spiker o‘rinbosari Rahimjon Hakimov mehmonlarga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Qonunchilik palatasining faoliyati, qo‘mita va komissiyalarining vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, Javad Nikbin Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan muvozanatli, ochiq va konstruktiv tashqi siyosat, keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalarini e’tirof etdi. Shuningdek, mehmon O‘zbekistonga tashriflari davomida juda katta o‘zgarishlarga guvoh bo‘layotganini, bu esa islohotlar samarasi ekanini e’tirof etdi.  

Uchrashuvda parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, transport, energetika, sog‘liqni saqlash, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA