English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Eron: iqtisodiy aloqalar mustahkamlanmoqda
14:59 / 2025-11-11

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Eron Islom Respublikasining sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Atabak bilan uchrashdi. O‘zaro muloqot davomida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuvda energetika, transport, logistika, farmatsevtika va turizm sohalarida kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda mahsulotlarni mintaqaviy bozorlarga olib chiqish bo‘yicha amaliy tashabbuslar ko‘rib chiqildi. 

Statistikaga ko‘ra, 2024 yilda mamlakatlarimizning o‘zaro savdo hajmi 500 million dollarni tashkil etgan. 2025 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Eron kapitali ishtirokida 222 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ular qurilish, transport va farmatsevtika sohalarida loyihalarniamalga oshirmoqda. 

M.Pirmatova, O‘zA