Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Eron ilm-fan va innovatsiya forumi bo‘lib o‘tdi
21:40 / 2022-07-20

Innovatsion rivojlanish vazirligida Eron Islom Respublikasi vitse-prezidentining mamlakatimizga tashrifi doirasida “O‘zbekiston - Eron fan va innovatsiya forumi” o‘tkazildi.

Ta’kidlash joiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan “Ilm-fan va texnologiyalar sohasida xamkorlik to‘g‘risida”gi Anglashuv memorandumi bio- va nanotexnologiyalar, axborot-kommunikatsiyalari, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab ilmiy sohalarda aloqalar kengayishiga xizmat qilmoqda.

— Yaqinda Prezidentimiz tomonidan tasdiklangan “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasi” mazkur sohada davlat idoralari va tashkilotlari sa’y-harakatini birlashtirishga qaratilgan hujjat bo‘lib, mazkur strategiya amalga oshirilishi mamlakatimizning xalkaro maydondagi rakobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi, — dedi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov. — Qolaversa, O‘zbekiston-Eron o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy va innovatsion xamkorlik yillar davomida izchil rivojlanib kelmoqda. Hozir yurtimizda 400 ga yaqin Eron sarmoyasi ishtirokidagi korxona faoliyat yurityapti.

[gallery-7976]

Anjuman doirasida Eron Islom Respublikasining ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Sorena Sattoriy ham so‘zga chiqdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston va Eron kompaniyalari mahsulotlari ko‘rgazmasida ikki mamlakat korxona va tashkilotlarining innovatsion ishlanmalari namoyish qilindi. Ko‘rgazmada Eron tomonidan tibbiyot, chorvachilik, oziq-ovqat va boshqa turli sohalarda faoliyat yurituvchi 35 yetakchi innovatsion kompaniya mahsulot hamda loyihalari bilan qatnashdi.

Mamlakatlarimiz ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, tibbiyot, axborot texnologiyalari, ozik-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli alokalarni yo‘lga qo‘yish maksadida ko‘rgazma doirasida ”V2V” uchrashuvlar ham o‘tkazildi.

Forum so‘ngida xorijiy va mahalliy tashkilot vakillari o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolandi.

Ulug‘bek Mahmirzayev, Davron Ernazarov (surat), O‘zA