Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston eng yuqori – “Muhim o‘zgarishlarni amalga oshirgan davlatlar” qatoriga kiritildi
09:32 / 2022-09-30

Mamlakatimizda mehnat munosabatlari tizimi tubdan isloh qilindi. Bu islohotlar ko‘plab Xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar tomonidan xam keng e’tirof etilmoqda.

AQSH mehnat vazirligi tomonidan e’lon qilingan navbatdagi “Bolalar mehnatining eng yomon ko‘rinishlari” (TDA Report) to‘g‘risidagi hisobotda O‘zbekiston eng yuqori – “Muhim o‘zgarishlarni amalga oshirgan davlatlar” qatoriga kiritildi.

E’tiborlisi dunyoda 131 davlatdan faqat 9 ta davlat, shu jumladan O‘zbekiston shunday toifaga kiritilgan. 

Hisobotda O‘zbekistonda bolalar mehnatiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar qayd etilgan hamda 2021 yilgi paxta mavsumida tizimli majburiy mehnatga jalb etish holatlari to‘liq bartaraf qilinganligi alohida ta’kidlangan. 

Shuningdek, AQSH Mehnat vazirligi navbatdagi “Bolalar mehnati va majburiy mehnatni qo‘llab ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatini” (TVPRA List) ham e’lon qildi. 

Mazkur hisobotda o‘zbek paxtasi majburiy mehnatni qo‘llab ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan chiqarilgan.  

Ushbu e’tirof O‘zbekistonda 2017 yilda paxta sanoatida Davlat rahbari boshchiligida boshlangan iqtisodiy islohotlarning natijasi sifatida qayd etilgan.  

Bu esa yangi imkoniyatlari ochishi bilan birga, o‘zbek paxtasini AQSHga eksport qilish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bekor qiladi. Paxta sanoatini rivojlanishiga, qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga hamda sohada xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 
 

O‘zA