Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston energetika mustaqilligiga erishish yo‘lida
15:46 / 2021-01-14

Bugun Tashqi ishlar vazirligida Energetika vaziri Alisher Sultonovning mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika kompleksi sohasida xalqaro investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, yangi imkoniyatlarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik missiyalari rahbarlari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda “500 kV li Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘i qurilishi (Afg‘oniston) loyihasi bo‘yicha kelishuv ijrosi, turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt bo‘lgan 4 ta yangi IES qurilishining borishi, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Fransiya va boshqa davlatlar kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) loyihalari qurilishlarining borishi xususida so‘z bordi.

Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston diplomatik missiyalari bilan hamkorlikda YOEK sohasida ko‘zda tutilgan loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirish maqsadida bu va boshqa masalalar ham muhokama qilindi. bugungi kunda mazkur hamkorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va O‘zbekiston energetika sohasi uchun yangi bo‘lgan davlat-xususiy sherikligiga asoslanadi.

DXSH asosidagi loyihalar ijrosi doirasida, xususan, quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tenderda ishtirok etish bo‘yicha 80 tagacha potensial xorijiy investor ariza topshirmoqda.

Xorijiy investorlarning YOEK sohasidagi loyihalarga qiziqishi ortib borayotganini hisobga olgan holda Energetika vazirligi rahbariyatining diplomatik missiya rahbarlari bilan bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlarini reja asosida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston elchilarining energiya loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirishda bevosita ishtirok etishi O‘zbekiston energetika mustaqilligiga erishishga salmoqli hissa qo‘shadi.

O‘zA