Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida yoshlar marafoni o‘tkazildi
09:56 / 2024-05-14

Bugun erta tongdan neft-gaz va energetika sektoridagi yoshlar marafoni – “UNG-YOUTH MARAFON” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida tashkil etilgan ushbu  marafonda yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalari yoshlari 3,9 kilometr masofaga yugurdi.  

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu yugurish marafonida 500 nafarga yaqin yosh ishchi-xodim faol qatnashdi.  

Tadbir yakuniga ko‘ra, belgilangan masofani birinchi bo‘lib yugurib o‘tgan 6 nafar ishtirokchi g‘olib bo‘ldi va ular  “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA