English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston elchisi YeXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi
21:22 / 2021-02-22

O‘zbekiston Respublikasining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili, Elchi Abat Fayzullayev YeXHT Bosh kotibi Xelga Shmid bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasidagi munosabatning keng doirasi, jumladan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqboli muhokama qilindi.

YeXHT Bosh kotibi O‘zbekistonning tashkilot bilan o‘zaro aloqalarini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatini yuqori baholadi va tuzilma muloqotni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

So‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatda katta yutuqqa erishilgani va O‘zbekiston hamda YeXHT o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro manfaatli bir qator yo‘nalishlarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tomonlar yoshlar masalasi bo‘yicha sheriklikni yanada chuqurlashtirish hamda gender tengligini ta’minlashga sodiqligini Shvetsiyaning YeXHTga raisligi ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda tasdiqladi.

Yakunda Xelga Shmid YeXHT Kotibiyati O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar va tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.

O‘zA