O‘zbekiston elchisi Saudiya ko‘mak markazi rahbari bilan uchrashdi
"SPA" axborot agentligi, "Al-Madina" va boshqa qator nashrlar yozishicha, O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov Ar-Riyoddagi qarorgohda Qirol Salmon nomli yordam va gumanitar ko‘mak markazi bosh direktorining amaliyot va dasturlar bo‘yicha yordamchisi muhandis Ahmad bin Ali Al-Boiz bilan uchrashgan.
Suhbat chog‘ida insonparvarlik faoliyat bilan bog‘liq turli masalalar, shuningdek mamlakatimizda gumanitar sohaga doir o‘zgarishlar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular muhokama qilingan.
M.Pirmatova, O‘zA