Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Ekologik partiyasiga yangi rais saylandi
16:12 / 2021-02-01

O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy kengashining navbatdagi IX plenumida tashkiliy masala ko‘rildi.

Unda markaziy kengash ijroiya qo‘mitasi raisi Komiljon Tojiboyev o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Nazrulla Ablomurodov O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.  

Bungacha Nazrulla Ablomurodov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.