Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston ekologik partiyasi yetakchisi saylovda ovoz berdi
11:26 / 2024-10-27

Bugun yurtimizning barcha hududlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylov jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy  hayotidagi muhim siyosiy jarayonda ishtirok etish orqali o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanayotgan, Vatan kelajagiga daxldorlik hissi bilan yashayotgan yurtdoshlarimiz qatori O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev o‘z fuqarolik burchini ado etib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.  

Abdushukur Hamzayev saylovlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning huquqi va mas’uliyati ekanini ta’kidlab, bugungi saylov natijalari mamlakatimiz kelajagini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA