Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi, Mudofaa hamda Ichki ishlar vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
11:45 / 2025-07-23

Joriy yilning 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Baxodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiyaning Qobul shahrida Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi Abdul Haq Vosiq bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, Afg‘onistonni halqaro munosabatlarning to‘laqonli a’zosiga aylantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettirilayotgani ta’kidlandi.  

Xususan, Prezidentimizning Birlashgan millatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro anjumanlarda afg‘on masalasi bo‘yicha yakdil pozitsiyadagi chiqishlari keltirib o‘tildi.  

Mamlakatlarimiz o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, energetika, transport, savdo-sotiq va boshqa yo‘nalishlarda ikki tomonlama muzokaralar faol tarzda davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Afg‘onistonni mintaqaviy hamkorlikka jalb qilish maqsadida mamlakatda iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish hamda insonparvarlik yordamlarini davom ettirishga e’tibor qaratilmoqda.  

Shuningdek, muloqotda O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaralarida daxlsizlikni saqlash, chegara punktlarida kirish-chiqish rejimini yanada takomillashtirish, narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga hamda terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shu kuni Afg‘oniston Mudofaa vaziri  Mullo Muhammad Yoqub hamda Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik ruhida rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘zA