Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – do‘stlik va qardoshlik qadrlangan makon
16:53 / 2022-10-24

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan birga O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi tashkil etilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston qirg‘izlarining mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Qo‘mita rahbariyati va mutasaddi xodimlari, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor o‘qituvchilari va talabalari, O‘zMU tarkibidagi “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi xodimlari, milliy madaniy markazlar faollari, va boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Ushbu konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish, istiqbolda belgilangan vazifalarni tahlil qilish va shu yo‘nalishda o‘z yechimini kutayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkammasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi R.Qurbonov, Qirg‘iziston Respublikasi davlat kotibi S.Kasmambetov, Qirg‘iziston Respublikasi “O‘zbek milliy madaniy markazi” jamoat birlashmasi raisi B.Qodirov, Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi M.Jamanbayev O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi dunyodagi murakkab davrda O‘zbekistonda 130 tadan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari hamjihatlikda, bir oila farzandidek yashab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotir. Yurtimizda 152 ta milliy madaniy markaz samarali faoliyat ko‘rsatayapti. Ular orasida qirg‘iz milliy madaniy markazi eng faol markazlaridan biridir.

Tadbirda alohida qayd etilganidek, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik o‘zbek xalqi ma’naviyatining ajralmas qismidir. Shuningdek, respublikada yashovchi qirg‘izlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda yashayotgan har bir xalq va millatning etnik o‘ziga xosligi, tili, urf-odati, an’analarini saqlashda muhim rol o‘ynaydigan milliy madaniy markazlarning faoliyatini rivojlantirilishi shubhasiz, ularning tinch va osoyishta hayoti, ertangi kunga bo‘lgan ishonchining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Konferensiya jamiyatda tinchlikni ta’minlash, madaniy xilma-xillikni asrab-avaylash va qo‘llab-quvvatlash, jahon hamjamiyatidagi hamjihatlik, hamfikrlilik va samimiy muloqot, xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar va shaxslar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda “O‘zbekistondagi qirg‘izlarning mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishidagi o‘rni”, “Farg‘ona vodiysi qirg‘izlariga oid tarixiy-etnografik ma’lumotlar”, “Millatlararo munosabatlarni sohasini mustahkamlashda milliy madaniy markazlarning o‘rni”, “O‘zbekiston qirg‘izlari: tarixiy- etnografik tahlil” kabi mavzudagi ma’ruzalar tinglandi.

N.Usmonova, O‘zA