English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston demografiyasi: aholi, nikoh va migratsiya
10:04 / 2026-01-28

2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholi soni 38 million 236,7 ming kishini tashkil etdi. Demografik tarkibda erkaklar salmog‘i biroz ustun bo‘lib, ular 19 million 257,7 ming nafar yoki 50,4 foizni tashkil qiladi. Ayollar soni esa 18 million 979 ming nafar bo‘lib, umumiy aholining 49,6 foiziga to‘g‘ri keladi.

Aholining hududlar bo‘yicha taqsimotida shahar va qishloq o‘rtasidagi nisbat deyarli teng. Shahar joylarda 19 million 471,7 ming kishi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, qishloq aholisi 18 million 765 ming nafarni tashkil etmoqda.

Oilaviy holat bo‘yicha ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratilsa, 2025 yil davomida mamlakatda 267,1 mingta nikoh qayd etilgan. Shu bilan birga, 46,9 mingta nikoh bekor qilingani kuzatilgan.

Tashqi migratsiya jarayonlarida esa raqamlardagi farqlar juda katta. Hisobot davrida O‘zbekistonga 1 ming 159 kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 10 ming 117 nafar fuqaro mamlakatni tark etgan.

Hamroz Bayanov,

O‘zA